Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ham bo‘ldi.
Mehmon universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M.O‘rozov hamrohligida jun bilan ishlash va hunarmandlar uchun kichik texnologiyalarni ishlab chiqish loyihalari bilan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida tomonlar universitet va uyushma o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, talabalarni hunarmandchilik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.
