Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunga qadar 176 ta loyiha kelib tushgan bo‘lib, shundan 150 ta loyihaga jami 2 mlrd 975 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan. Yana 27 nafar bitiruvchining kreditlarini moliyalashtirish davom etmoqda.

Uchrashuvda “O‘zmilliybank” AJ viloyat filiali va loyiha vakillari ishtirok etib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi va kredit olish tartiblari hamda dastur imkoniyatlari yuzasidan tushuntirish berdilar.