🗓️ “Yoshlar kuni” munosabati bilan 2026-yil 5-mart kuni universitetning 1- va 2-o‘quv binolari hamda Talabalar turar joylarida quyidagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari bo‘lib o‘tadi:
⏲ 08:00–08:20 – Talabalarni ko‘tarinki ruhda kutib olish hamda Davlat madhiyasini birgalikda kuylash.
⏲ 10:00–17:30 – Turli sport musobaqalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar.
⏲ 11:30–13:30 – “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari (talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, taklif va muammolarini muhokama qilish).
⏲ 18:00–20:00 – “Talabalar oqshomi” ko‘ngilochar dasturi.
📚 Mazkur tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tashabbuskor talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
✨ Barchangizni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
