Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev rahbarligida apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi va Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ilgari surilgan tashabbuslar ijrosi tahlil qilindi. Shu bilan birga, Qo‘qon universitetida OTM rektorlari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda ilgari surilgan zamonaviy ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yoshlar siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar  muhokama qilindi.

Tadbir davomida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalarini rag‘batlantirish, 2026-yilda rejalashtirilgan ilmiy va innovatsion loyihalar, yangi startap tashabbuslari hamda xalqaro hamkorlik dasturlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, “Kelajakka qadam” dasturi asosida biznes g‘oyalarini moliyalashtirish, talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bilan ishlash, jinoiy hamda ijtimoiy xatarlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida talabalar o‘rtasida madaniy-ma’naviy faoliyatni rivojlantirish, sport va kitobxonlik tadbirlari hamda Termiz tumanidagi “Tomorqa maktabi”da amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida rektor Rasul To‘rayev barcha mas’ullarga aniq vazifalarni belgilab, ijro mas’uliyatini kuchaytirish va talabalar salohiyatini rivojlantirishda tizimli yondashuvni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.