Ayrim hududlarda, jumladan ta’lim muassasalari xodimlari nomiga ularning roziligisiz bank kreditlari rasmiylashtirilishi holatlari kuzatilmoqda.

Firibgarlar “lotareya”, “sovg‘a” yoki “yutuq” bahonasida fuqarolarning Face ID biometrik ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, kredit rasmiylashtirmoqda. Ko‘pchilik bu haqda faqat bankdan kelgan SMS orqali xabar topmoqda.

🔐 Hurmatli xodimlar:
🟢Shaxsiy va biometrik ma’lumotlaringizni begonalarga bermang.
🟢Shubhali takliflarga ishonmang.
🟢Bank xabarlarini diqqat bilan tekshiring.

☎️ Shubhali holatda 1091 ishonch telefoni, bank yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.

❗️ 2026-yil 30-yanvardan boshlab banklar kreditdan oldin maxsus tavakkalchilik cheklistini taqdim etishi shart.

Moliyaviy xavfsizligingizni asrang!