Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Yoshlar kuni” doirasida “Osh chempionati” tashkil etildi.
Chempionatda talabalar o‘z mintaqalariga xos osh tayyorlab, milliy an’analar, taom tayyorlash siri va hunarini namoyish etdilar. Ular milliy qadriyatlar va zamonaviy osh texnologiyalarini uyg‘unlashtirdilar.
Tadbir davomida talabalar oʻrtasida do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviylik muhiti yaratildi. Universitet hayotida bunday faoliyatlar talabalarni qadriyatlarimizga hurmat bilan tarbiyalash hamda jamoada hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashda muhimdir.
Kuchli raqobat va quvonchli kayfiyatda o‘tgan bellashuvda g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir so‘ngida kuy-qo‘shiqlar, raqslar va ijodiy chiqishlar bilan quvnoq kayfiyat yaratilib, unutilmas lahzalar taqdim etildi
