Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va sport salohiyatini rivojlantirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazildi.

“Karving – nafis san’ati” mavzusida boʻlib oʻtgan musobaqada talaba-qizlar meva va sabzavotlardan nafis hamda betakror bezaklar yaratib, o‘z mahorati, didi va ijodkorligini namoyish etdilar.

Ishtirokchilarning ishlari hakamlar hay’ati va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Faol va iqtidorli talaba-qizlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol musobaqasi ham tashkil etilib, unda talabalar sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviylik ruhini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlar yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.