Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot va Boysun tumanlarida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining qurilish va arxitektura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari tomonidan ishlab chiqilgan mahallalar master-rejalari taqdimoti bilan tanishdi.
Talabalar avvalgi muhokamalarda berilgan tavsiyalar asosida loyihalarni takomillashtirib, hududlarning infratuzilmasi, muhandislik tarmoqlari, ijtimoiy obyektlari va obodonlashtirish yo‘nalishlarini kompleks tahlil qilgan holda yangilangan variantlarni namoyish etdi. Master-rejalarda mahallalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surilgan.
Viloyat rahbari tanlangan hududlarda mazkur master-rejalar asosida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlarni safarbar etish hamda infratuzilmani izchil yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berdi.
