Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Mexanika va konchilik ishi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Sumalak sayli” tashkil etildi.
Bir tomonda bahorning eng totli ne’mati — sumalak pishirilmoqda, boshqa tomonda esa kuy-qo‘shiqlar, samimiy tilaklar va quvnoq raqslar tadbirga rang-baranglik bag‘ishlamoqda.
Dasturxonlarga osh tortildi, turli bahoriy taomlar va milliy shirinliklar tadbir qatnashchilarida ko‘klam sog‘inchi va quvonchini kuchaytirdi.
Bunday tadbirlar jamoada birlik va iliq munosabatlarni oshirishga, yoshlar qalbida milliy an’analarga hurmatni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
