Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda R.To‘rayev 23-yanvar kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi haqida so‘zlab, viloyatdagi 114 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejalarini ishlab chiqishda 3–4 kurs talabalari, magistrantlar va doktorantlarni jalb etish masalalarini muhokama qildi.
Asosiy yo‘nalishlar:
🟢Universitet talaba, magistrant va professorlar bilan birgalikda mahallarning master (bosh) rejalarini ishlab chiqadi.
🟢Har bir mahalla A, B, C toifalariga ajratiladi; 3–7 talaba, 1 magistrant va 1 professor ishlaydi.
🟢Ish “Yakka talaba emas — JAMOA” tamoyili asosida olib boriladi.
🟢Har bir guruhga xorijiy mutaxassislar biriktiriladi; “Mentor–Student” modeli orqali loyihani ko‘rib chiqadi va baholaydi.
Ishchi guruh tarkibi:
🟢Prorektor (loyiha rahbari), arxitektura kafedrasi mudiri, amaliyot va magistratura bo‘limlari.
🟢3–4 kurs talabalari – amaliyot bilan mahalla bosh rejasini tayyorlaydi.
🟢Magistrlar – ilmiy-tadqiqot va dissertatsiya mavzusini mahallaga bog‘laydi.
Tanlov va baholash:
🟢Universitetda ichki tanlov, eng kuchli jamoalar respublika bosqichiga yo‘llanadi.
🟢Loyiha mukofot darajasiga chiqariladi, 100 mln so‘mgacha mukofot beriladi.
🟢5 yo‘nalish: zamonaviy mahalla, yashil mahalla, ijtimoiy infratuzilma, kambagallikni qisqartirishga qaratilgan yechimlar, renovatsiya loyihasi.
Kutilayotgan natijalar:
🟢Mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi.
🟢114 ta “og‘ir” mahalla xavfsiz va estetik muhitga ega bo‘ladi.
🟢Yosh arxitektorlar xorijiy mutaxassislar bilan ishlaydi, xalqaro standartlar joriy qilinadi.
🟢Talabalar orasida sog‘lom raqobat va innovatsiya kuchayadi.
🟢Bosh rejalar asosida qurilish-obodonlashtirish, bandlik, kichik biznes va uzoq muddatli rejalashtirish rivojlanadi.
Shundan so‘ng rektor mas’ullarga vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Yig‘ilishda to‘lov-kontrakt mablag‘lari holati va turli masalalar ko‘rib chiqildi.
