Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev viloyatdagi 114 ta “og‘ir” mahallani rivojlantirish bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadigan talabalar, magistrantlar, doktorantlari va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda rektor “og‘ir” mahallalar uchun bosh rejalarni ishlab chiqish mexanizmlari, ishchi guruhlar tarkibi va ish tartibi hamda “Yakka talaba emas — JAMOA” tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish yo‘llari haqida tushuntirishlar berdi.

TDMAUning talabalari va professor-o‘qituvchilari ushbu mexanizmlarni amaliyotda qo‘llab, mahallalar bosh rejalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda loyihalarni baholash imkoniga ega bo‘ladi.

Bu tashabbus natijasida 114 ta “og‘ir” mahallaning infratuzilmasi yaxshilanadi, xavfsiz va estetik muhit yaratiladi, yosh mutaxassislar amaliyot tajribasiga ega bo‘lib, hududlarning uzoq muddatli rivojlanishiga hissa qo‘shadi.