Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy va o‘quv adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda “Quduqlarni o‘zlashtirishda ishlatiladigan yengillashtirilgan burg‘ilash eritmalarining kolloid-kimyoviy xususiyatlari” monografiyasi hamda “Mineragrafiya” va “Konchilik korxonalarini loyihalash” o‘quv qo‘llanmalari namoyish qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu nashrlar konchilik va neft-gaz sohalari uchun muhim nazariy va amaliy qo‘llanma ekanini ta’kidlashdi. Ular talabalarning mustaqil fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari va mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ahamiyatli ekani qayd etildi.
