Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar davom etmoqda.

Navbatdagi seminar Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi. Unda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi KPI dasturining afzalliklari hamda undagi indikatorlar muhokama qilindi.

Seminar davomida Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i D.Abduraximov KPI tizimini joriy etish, indikatorlar asosida faoliyatni baholash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Mazkur o‘quv-seminar professor-o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim yondashuvlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *