Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda raqamlashtirish borasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar, 2025-yil budjet mablag‘larining sarflanishi hamda ijro intizomi masalalari ko‘rib chiqildi.
Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimot asosida muhokama qilindi. Jumladan:
▪️HEMIS axborot tizimidagi muammolar bartaraf etildi;
▪️SSL sertifikatlari o‘rnatildi va OneID orqali kirish yo‘lga qo‘yildi;
▪️Serverlar yagona tarmoqqa birlashtirilib, ma’lumot almashinuvi samaradorligi oshirildi;
▪️DEIS — sun’iy intellekt asosida kampus kuzatuvi va avtomatlashtirish tizimi joriy etildi; elektron davomat va o‘qituvchi nutqini matn ko‘rinishida yozish imkoniyati yaratildi;
▪️Binolarda FaceID tizimi takomillashtirildi, WiFi qamrovi 25 ta UniFi qurilmalari orqali kengaytirildi;
▪️@RTTM_murojaat_bot orqali axborot texnologiyalariga oid muammolarni tezkor hal qilish imkoniyati yaratildi;
▪️Examin.tdmau.uz test platformasi ishga tushirildi va nazorat imtihonlarini ushbu platforma orqali o‘tkazish rejalashtirilmoqda;
▪️Haydovchilik guvohnomasi olish uchun kompyuter sinfi tashkil qilindi.
Yig‘ilishda shuningdek, “Agrodron” innovatsion loyihasi taqdim etildi. Agrodronlar qishloq xo‘jaligida ekinlarni avtomatlashtirilgan dorilash, tahlil qilish va yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi. U:
🟢10 daqiqada 2 gektar maydonni ishlov berishi;
🟢25 kg yuk ko‘tara olishi;
🟢25 daqiqada to‘liq quvvatlanishi mumkin.
🟢Shuningdek, u ekologik toza va an’anaviy texnikaga nisbatan arzonroqdir.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi hamda raqamlashtirish va innovatsion loyihalarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
