Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakultetida yil yakuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yil davomida ilmiy faolligi, namunaviy xulqi va intizomi bilan ajralib turgan 18 nafar talaba fakultet dekani tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Tadbirda talabalar bilan bir qatorda ularning ota-onalari ham ishtirok etib, farzandlarining yutuqlariga guvoh bo‘lishdi. Mazkur tadbir yoshlarni ilm-fan, kitobxonlik va yuksak ma’naviyatga rag‘batlantirish, shuningdek, ularning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.