Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotехnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakultetida ham “Yangi yil” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar kuy-qo‘shiqlar va raqslarni ijro etib, sahnani bezadi. Qorbobo, qorqiz va turli ertak qahramonlari bayram kayfiyatini yanada oshirdi.
Tadbir doirasida qiziqarli interaktiv o‘yinlar va musobaqalar tashkil etilib, eng faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilar bayram ruhini his qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Talabalik davri inson hayotidagi eng yorqin va esda qolarli lahzalardan biri bo‘lib, aynan shunday tadbirlar orqali bu davrning iliq va mazmunli tomoni yaqqol namoyon bo‘ladi. Tadbir yoshlarda ijodiy ruhni uyg‘otdi, ularni ilmga, do‘stlikka va yangi yilga ishtiyoq bilan qarashga ilhomlantirdi.
