Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Agrobiologiya fakulteti talabari hamda professor-o‘qituvchlari ishtirokida “Yangi yil ertagi” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarni 2026 yil bilan samimiy tabriklanib, yoshlarni oldinga intilishga, bilim va salohiyatlarini rivojlantirishga chaqirishdi.

Bayram dasturi talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, turli ertak qahramonlari obrazlari, kuy-qo‘shiq va raqslar bilan boyitildi. Shuningdek, Termiz shahar ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari ham o‘z iste’dodini namoyish etdilar.

Turli interaktiv o‘yinlar, qiziqarli musobaqalar va Termiz garnizoni harbiy orkestri jamoasi ijrosi ishtirokchilarda yuqori kayfiyat uyg‘otdi. Tadbir so‘ngida fakultetning faol tyutorlari va iqtidorli talabalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.