Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda “Surxondaryo don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat universitet rektori Rasul To‘rayev hamda “Surxondaryo don mahsulotlari” AJ direktorining o‘rinbosari Faizulla Isayev tomonidan imzolandi.

Memorandum doirasida talabalar uchun ishlab chiqarish ekskursiyalarini tashkil etish, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, ilmiy hamkorlik asosida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Ushbu kelishuv oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.