Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti 3-bosqich talabasi Laylo Mamayusupova “Modern Science and Research” ilmiy tadqiqot markazi tomonidan xalqaro miqyosda tashkil etilgan “Millat g‘ururi” tanlovida g‘olib deb topildi va ushbu nomdagi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Laylo Mamayusupovani ushbu ajoyib yutuq bilan tabriklab, kelajakdagi ilmiy ishlarida, innovatsion loyihalarida va shaxsiy rivojida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
