Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bitiruvchilar bandligini ta’minlash va ularning kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashiga koʻmaklashishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ Surxondaryo viloyati filiali vakillari, Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari hamda bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.
Seminar davomida talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu dastur doirasida taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot oldi.
Jumladan:
🟢tadbirkorlikni boshlash istagidagi bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar va moliyaviy ko‘mak mexanizmlari;
🟢kasbiy malaka va haq to‘lanadigan amaliyot (stajirovka) dasturlari uchun ajratilgan grantlar;
🟢startap loyihalarni rivojlantirish jarayonida davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari batafsil tushuntirildi.
Muloqot yakunida mas’ul xodimlar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, dasturning ahamiyati hamda kelgusidagi istiqbollari haqida fikr almashdilar.
