Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining 1-fakultetlararo bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida jamoalarning faol ishtiroki, ayniqsa Vatan va millat ozodligi yo‘lida kurashib, jonini fido etgan, siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini sahnalashtirishdagi ijodiy yondashuvlari hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlarda yuqori taassurot qoldirdi.

Ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar:
1️⃣ “Adib hayoti”
2️⃣ “Tezkor savol-javob”
3️⃣ “Teatrlashtirilgan kompozitsiya”

🏆 Yakuniy natijalar:
🥇 1-o‘rin — Iqtisodiyot, veterinariya va o‘rmonchilik fakulteti jamoasi
🥈 2-o‘rin — Mexanika va konchilik ishi fakulteti jamoasi
🥉 3-o‘rin — Agrobiologiya fakulteti jamoasi

🤝 Tanlov talabalarda ilmiy mushohada qilish, keng fikrlash va badiiy asarlarni chuqur anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir davomida jamoalarning faol ishtiroki va ijodiy yondashuvi hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlarda yuqori taassurot qoldirdi.