Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

⚫️Termiz tumanida universitetga ajratilgan yer maydonlarini o‘zlashtirish ishlari borasidagi rejalar;
⚫️Ijro intizomi holati;
⚫️Talabalar turar joylarida qulay sharoitlar yaratish hamda universitetda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari haqida;
⚫️Turli masalalar.

Yig‘ilish davomida muhokama etilgan masalalar yuzasidan bir qator aniq vazifalar belgilab olindi:

✔️Termiz tumanidan ajratilgan tajriba-sinov maydonida 17 ta ilmiy-innovatsion loyihani samarali amalga oshirish;
✔️Tajriba-sinov maydonida daraxt ekish aksiyalarini tashkil etish va bu ishlarni muntazam davom ettirish;
✔️Tajriba-sinov maydonida “Akademik harakatchanlik” dasturi g‘olibi bo‘lgan 16 nafar yosh tadqiqotchining ilmiy faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, bu yerda talabalar amaliy ko‘nikmalarini oshirish;
✔️Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, tozalik va tartib-intizomga alohida e’tibor qaratish;
✔️Qish mavsumida talabalar o‘rtasida elektr, gaz va boshqa vositalardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha ogohlikni oshirish;
✔️Binolar va talabalar turar joylarida isitish tizimlarining barqaror faoliyatini ta’minlash.

Yig‘ilish yakunida rektor Rasul To‘rayev belgilangan barcha ishlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, jarayon esa shaxsan uning nazoratida bo‘lishini ta’kidladi.