O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qaroriga muvofiq, tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonining shaffof tizimi joriy etilmoqda.

Shu munosabat bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rasmiy veb-saytida tyutorlik lavozimiga 1 shtat vakant  bo’sh ish o‘rniga ochiq tanlov mezonlari  e’lon qilinadi.

🎓 Tyutorlikka nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
✅ Oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish;
✅ Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy soha bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘lish;
✅ Talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va yechim topish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
✅ Axborotni tahlil qilish, yozma va og‘zaki fikrni ravon bayon etish qobiliyatiga ega bo‘lish;
✅ Namunali shaxsiy fazilatlar — mas’uliyat, madaniyat, vatanparvarlik, tashabbuskorlikka ega bo‘lish.

⚠️ Eslatma: Belgilangan talablarga javob bermaydigan nomzodlar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.