Aloqabank tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun ta’lim krediti ajratish yo‘lga qo‘yildi!

Kredit shartlari:

▪️ Muddati: 7 yil
▪️ Miqdori: Talabaning 1 yillik kontrakt summasigacha
▪️ Ta’minoti:
— Asosan uchinchi shaxs kafilligi talab etiladi
— Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalardan bo‘lgan talabalarga — kafillik talab etilmaydi

Foiz stavkalari:

O‘g‘il bolalar uchun:
14% (Markaziy bankning asosiy stavkasi)

Xotin-qizlar uchun:
14% — foizlar Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi!

Batafsil ma’lumot uchun:
aloqabank.uz

Call-markaz: +998762242002
Mas’ul xodimlar:
Abdunazar Amirov — +998919103440
Husan Annaqulov — +998992580085