Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, hududlarda 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda.
Surxondaryo viloyatida ishchi guruh Vazirlikning Budjet dasturlarini shakllantirish, monitoring qilish va ijrosini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Yakubov boshchiligida faoliyat yuritmoqda.
Bugun ishchi guruh Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida:
moddiy-texnik baza,
xavfsizlik,
talabalar turar joylari,
talabalar uchun ajratilgan ijara uylaridagi sharoitlar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi
