Joriy yilning 3-sentabr kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari hamda fakultet dekanlarining maslahatchilari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida kengashning yangi tarkibi shakllantirildi hamda fakultetlarga dekan maslahatchilari saylandi.
Shuningdek, kengashning yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasi va uni samarali amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini ta’minlash hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.