Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan ikkinchi tantanali tadbir Mexanika va konchilik ishi hamda Iqtisodiyot, Veterinariya va oʻrmonchilik fakultetlari talabalari uchun tashkil etildi.
Universitet rahbariyati vakillari rektor nomidan yangi talabalarga samimiy tabriklar yoʻllab, ularni talabalik baxti hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan muborakbod etdilar.
Tantanali marosimda talabalarga universitetning ramziy kaliti hamda talabalik guvohnomasining ramziy namunasi topshirildi. Bu talabalar hayotida esda qolarli va mazmunli voqea boʻldi.
Tadbir davomida kuy-qoʻshiqlar, sheʻrlar va samimiy tilaklar yangradi. Ota-onalar, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻz taassurotlarini bildirdilar, bayramona ruh hukm surdi.
Ayni vaqtda barcha fakultetlarda yangi talabalarga universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan Mustaqillik darslari oʻtilmoqda. Ushbu darslar yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar va fuqarolik masʻuliyati haqida chuqur tasavvur shakllantirishga xizmat qilmoqda.
