Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2025/2026 oʻquv yili “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayramona ruhda boshlandi.

Universitetning Energetika va sanoat muhandisligi, Qurilish va irrigatsiya tizimlari hamda Agrobiologiya fakultetlari talabalariga moʻljallangan tadbir alohida tashkil etildi.

Rektor Rasul Toʻrayev nomidan soʻzga chiqqan prorektorlar va mehmonlar yoshlarni yangi oʻquv yili hamda Mustaqillikning 34 yilligi bilan samimiy tabriklab, ularga yangi yutuqlar tilashdi.

Talabalarga universitetning ramziy kaliti va talabalik guvohnomasining ramziy namunasi tantanali tarzda topshirildi.

Bayram kuy-qoʻshiqlari, sheʻrlar, samimiy tabriklar tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladi. Ota-onalar va farzandlar uchun bu kun unutilmas lahzalarga aylandi.

Ayni paytda yangi talabalar uchun professor-oʻqituvchilar tomonidan Mustaqillik darslari ham oʻtilmoqda. Darslarda Vatanga sadoqat, mustaqillik qadri va yoshlarga yuklatilgan masʻuliyat haqida soʻz yuritilmoqda.