Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining iqtidorli, tashabbuskor va yutuqlari bilan ajralib turuvchi rekordchi talabalari mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, shu bilan birga yurtimiz tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida talabalar bebaho ma’naviy meros, boy tarix va o‘ziga xos me’moriy muhitdan ilhom olib, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdi.

Bu tashrif yoshlar ongida tarixiy xotirani asrash, Vatanga sadoqat, jamoaviylik va do‘stlikni kuchaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.