18–19 avgust kunlari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavriatning ikkinchi oliy ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) yo‘nalishlariga qabul imtihonlari o‘tkazilmoqda.
Bugun “Iqtisodiyot” va “Buxgalteriya hisobi” yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat shaklida qabul jarayonlari amalga oshirilmoqda:
Iqtisodiyot yo‘nalishi:
– Kunduzgi ta’lim: 18 nafar talabgor
– Kechki ta’lim: 53 nafar talabgor
Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi:
– Kunduzgi ta’lim: 1 nafar talabgor
– Kechki ta’lim: 7 nafar talabgor
Suhbatda har bir talabgorga bitta variantda 4 ta savol beriladi. Savollar ularning bilim va tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan.
19 avgust kuni esa yana 11 ta yo‘nalish bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi.
Talabgorlarimizga omad tilaymiz!
