18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Bu bilan yoshlarimizning nomi Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yil Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi mini-robot yasab, rekord o‘rnatgan edi. Bizning yoshlarimiz esa bu ko‘rsatkichdan ham yuqoriga chiqishni rejalashtirmoqda.

Tadbirda poytaxtimizdan va mamlakatimizning turli hududlaridan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 30 nafar iqtidorli talabalari ham bor. Bugun ular Toshkentga yo‘l olishdi. Safar oldidan universitet rektori Rasul To‘raуev ishonch bildirib, talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Barcha yosh muhandislarimizga g‘alaba va zafar yo‘ldosh bo‘lsin!