Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakulteti dekanati hamda tyutorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yengil atletika va workout turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilib, talabalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirishga qaratildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar fakultet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
