Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul To‘rayev boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra mudirlari va mas’ullar ishtirok etdi.
Muhokama qilingan asosiy masalalar:
2025–2026-o‘quv yili uchun yakuniy tayyorgarlik rejasi;
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari;
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yagona kiyim formasi talablari.
“Universitet – bu nafaqat bilim maskani, balki intizom va yagona jamoa ruhi shakllanadigan muhitdir. Yagona kiyim formasi nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilarimizni ham birlashtirib, TDMAU nomiga mos sha’n va obro‘ni aks ettiradi”, — dedi Rasul To‘rayev.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
