Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda prorektorlar, boshqarma boshliqlari, bo‘lim mudirlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Majlisda quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:

Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar
Talabalar uchun odob-axloq qoidalari va maxsus qo‘llanma tayyorlash ishlari
O‘quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash holati
Universitet tajriba dalasida olib borilayotgan ishlar
Ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni yuksaltirish choralari
Xalqaro akkreditatsiya va reytinglarda munosib o‘rin egallash tashabbuslari

Muhokamalar jonli, qarorlar esa aniq bo‘ldi — yangi o‘quv yilini katta tayyorgarlik bilan kutib olish yo‘lida qat’iy qadamlar belgilandi.