Bugungi kunda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 14 nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda:
2 nafari – Tojikistonlik
12 nafari – Afg‘onistonlik
Ularning 11 nafari bakalavriat, 3 nafari magistratura bosqichida o‘qimoqda.
Yangi o‘quv yilidan yana 5 nafar xorijlik yosh TDMAUda o‘qish istagini bildirdi:
3 nafari – Afg‘oniston
1 nafari – Pokiston
1 nafari – Bangladesh
Ular Muhandislik-texnologiya hamda Ijtimoiy-iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida tahsil olishni rejalashtirmoqda. Qabul jarayoni suhbat asosida, online va offline tarzda bo‘lib o‘tdi.
Suhbat jarayonida TDMAU rektori Rasul To‘rayev ham ishtirok etdi va nomzodlarga muvaffaqiyat tiladi.
