Shu kunlarda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ham bugun ushbu jarayon boshlandi. 24 nafar iqtidorli bitiruvchi suhbatdan o‘tish uchun universitetga tashrif buyurdi. Rektor Rasul To‘rayev ular bilan uchrashib, yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tiladi.

Hozirda professor-o‘qituvchilar nomzodlarning bilim darajasi, kasbiy qiziqishlari va intilishlarini baholamoqda. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ladilar.