2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida, ayniqsa uzoq hududlardan keladigan talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Mexanika va konchilik ishi fakulteti dekanati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.Universitetga yaqin hududlardagi ijara xonadonlar o‘rganilmoqda. Har bir uy bo‘yicha quyidagi mezonlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
Manzili
Egasi
Sig‘imi
Sanitariya holati
Xavfsizlik darajasi
Yashash sharoitlari
Olingan ma’lumotlar maxsus bazaga kiritilib, talabalarni joylashtirishda foydalaniladi. Bu esa qulay, xavfsiz va shinam muhitni ta’minlashga xizmat qiladi. Ijara xonadonlarini o‘rganish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Maqsad — har bir talabaga e’tibor va g‘amxo‘rlik!
