TDMAUda “Registrator ofisi” 2024–2025 o‘quv yilidan ish boshlagan. Hozirda bu yerda 14 nafar mutaxassis talabalarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Talaba soat 8:30 dan 18:00 gacha universitetda bo‘lishi kerak. U kutubxonaga borsin, laboratoriya sharoitidan foydalansin, ustozlari bilan fikr almashsin, sport bilan shug‘ullansin — shundagina u haqiqiy mutaxassisga aylanadi.

Universitet faqat dars o‘tiladigan joy emas, balki shaxs va mutaxassis yetishadigan makondir. Yangi o‘quv yilidan mana shunday faol muhitni yaratishimiz shart”.