Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bakalavriat va magistratura 1-bosqich talabalari diqqatiga!

Xabaringiz bor, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratilgan. 

Ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida universitet tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi.

Shu munosabat bilan, ta’lim grantiga talabgorlar uchun  http://kontrakt.edu.uz/   rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratilgan. 

Eslatma: Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha muayyan o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Muddat joriy yilning 20-iyul soat 21:00 gacha