Xitoyning Shihezi universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolanish jarayoni.

2025-yil 28-iyul kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Rasul Nortojiyevich To‘rayev tomonidan Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Hisobotda safarning asosiy yo‘nalishi – Shihezi universitetining rasmiy taklifiga binoan 2025-yil 20–25-iyul kunlari Shihezi shahrida o‘tkazilgan “ISAED 2025” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish, ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va zamonaviy agrar texnologiyalarni o‘rganish bo‘lganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda tashrif davomida amalga oshirilgan ilmiy uchrashuvlar, xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar, konferensiyada taqdim etilgan ma’ruzalar, hamkorlik tashabbuslari hamda xizmat safarining natijalari va moliyaviy xarajatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilmiy nufuzini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgani alohida qayd etildi.