“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida suv xavfsizligini ta’minlash, cho‘milish taqiqlangan joylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan ochiq suv havzalari — daryolar, soylar, kanallar, ariqlar, ko‘llar, suv omborlari va fermer xo‘jaliklarining sun’iy suv hovuzlarida cho‘milish hayot uchun xavfli ekani alohida ta’kidlandi.
Targ‘ibot tadbiri Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika va nazorat bo‘linmasi hodimi S.Botashov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursanti X.Norqobilov, shuningdek, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet fuqarolarni muhofaza qilish bo‘limlari hamkorligida, maxsus tuzilgan reja asosida joylarga chiqqan holda samarali tashkil etildi.
