Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti v.v.b. rektori B.Primkulov Oltinsoy tumanidagi “Mingchinor”, “Xayrandara” hamda «Marmin» MFYda yashovchi 46 nafar yoshlar xolidan xabar olish maqsadida xonadonlariga bordi.

Ushbu xonadonlarga borib, qanday ishlar amalga oshirildi?.

Mazkur biriktirilgan yoshlarga berilgan notebook, moto kultivator kabi xo‘jalik va o‘z ustida ishlashiga ko‘mak beruvchi vositalardan qay holatda foydalanishayotgani o’rganildi va shu bilan birgalikda qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Jumladan ushbu yoshlardan  “Mingchinor” MFY da yashovchi Xolmo‘minov Muhriddin Islom o‘g‘li xorijiy migratsiyadan qaytib kelgan.  Mas’ullar u bilan suhbatlashdi uni qiziqishlari va muammolari o‘rganishdi.

Huddi shunday yoshlardan yoshlardan Xudoyberdiyev G‘ayrat Xurram o‘g‘li, Abduxoliqov Azizbek Akbarali o‘g‘li hamda Mekkamov Sanjar Abduxalil o‘g‘li  muntazam ravishda dars mashg’ulotlariga bormayotganligi  sabablari  o‘rganilib ushbu fuqorolarga kerakli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

Shu bilan birgalikda “Xayrandara” MFYda istiqomat qiluvchi Normurodova Dilorom Parda qizi    Notinch va Jabbarova Baxtigul Xudoyor qizilarning oilaviy ahvoli o‘rganilib, ularni qiynayotgan muammolar, oiladagi tinchlik va shu kabi mavzular yuzasidan suhbatlashishdi.

Shuningdek, MFY raisi va yoshlar yetakchisi bilan birgalikda yoshlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, muammolarini hal qilishlari uchun aniq yo‘nalishlarda ish olib borishga kelishib oldi.