Xabaringiz bor, ayni kunlarda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari va umumta’lim maktablarining o‘quvchilarini kitob mutolaasiga jalb qilish, ularning badiiy savodxonligini oshirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilmoqda.
Bugun loyiha doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida taniqlik ijodkorlar Erkin A’zam, Olimjon Davlatov, Xurshid Abdurashidlarning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Shuningdek, ijodkorlar tadbirda o’zining ajoyib hayotiy saboqlari va she’rlari bilan talabalarga ko’tarinki kayfiyat bag’sh etishdi.
Tadbir so’ngida universitet rahbariyati tomonidan ijodkorlar tashakkurnoma va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
