Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedov Oltinsoy tumanidagi “Marmin” MFYda yashovchi 18 nafar yoshlar xolidan yana bir bor xabar olish maqsadida xonadonlariga bordi.
Ushbu xonadonlarga borib, qanday ishlar amalga oshirildi?.
Mazkur biriktirilgan yoshlardan Abdullayev Murodullo Hasanovich bilan qiziqishlari, hayotdagi o‘z o‘rnini topishi uchun qanday ijtimoiy ko‘mak berilishi haqda suhbatlashildi. Ma’lumot o‘rnida u shu vaqtga qadar Qirg‘iziston Respbulikasida migrant sifatida ishlab yurgan edi.
Nuritdinov Fazliddinni esa otasi va yaqinlari bilan gaplashilib, xorijdan migratsiyadan yaqin bir oyda qaytishi haqida gaplashilib, u bilan alloqaga chiqish uchun telefon raqami olindi.
Ushbu yoshlardan biri Tojiyev Tursunali To‘ychi o‘gʻliga esa hokim yordamichisi orqali 33 mln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit olishiga yordam berilib, 12 quti asalari olib bugungi kunda asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Ushbu biriktirilgan yoshlarning xonadonlaridan qaytish vaqtida institut rahbariyati “Marmin” MFY raisi va yoshlar yetakchisi bilan yoshlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, muammolarini hal qilishlari uchun aniq yo‘nalishlarda ish olib borishga kelishib oldi.
