Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti delegatsiyasi Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan Sian arxitektura va texnologiya universiteti (XAUAT)ning ta’lim tarixiga 130 yil to‘lishi hamda universitetlar birlashuvining 70 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda ishtirok etdi.

Rasul To‘rayev boshchiligidagi delegatsiya xorijiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

🌐 “Universitet rektorlarining global muloqoti” doirasida rektor Rasul To‘rayev “Arxitektura va texnologiyalar — insoniyat barqaror rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi” mavzusida nutq so‘zladi.

Unda yashil qurilish, kam uglerodli qurilish materiallari, quyosh energetikasi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, xususan, Surxondaryoning issiq va quruq iqlimi sharoitida ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Rektor tomonidan quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
issiq va quruq iqlim sharoitiga mos “Yashil qurilish” qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish;
kam uglerodli qurilish materiallari, quyosh energetikasi va suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqot va grant loyihalarini amalga oshirish;
akademik almashinuv va qo‘shma doktorantura dasturlarini rivojlantirish.

🎓 Tadbirning muhim natijasi — TDMAU Ipak yo‘li arxitektura va texnologiya universitetlari xalqaro alyansiga rasman a’zo etib qabul qilindi. Bu universitetga Osiyo va Yevropaning yetakchi oliygohlari bilan arxitektura, qurilish va barqaror shaharsozlik yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkonini beradi.

🤝 Safar davomida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar uchun Xitoy tomoni hisobidan xorijiy stajirovkalarni tashkil etish, qo‘shma ilmiy konferensiyalar va nashrlar, ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

👉 На русском
👉 In English

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *