📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilgari surilgan 32 ta ustuvor tashabbus hamda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Suhbat davomida viloyatda konlarni o‘zlashtirish, ko‘mir qazib olishni kengaytirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, neft-gaz sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aziza talabalar uchun sohada raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish maqsadida amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqin hamkorlikda amaliyot o‘tash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etish muhim ekani tushuntirildi.

🔹 Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.