Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Mexanika va konchilik ishi” fakulteti sirtqi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari o‘rtasida “Talaba yoshlarning korrupsiyaga nisbatan immunitetini shakllantirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda universitetning “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Karimov, fakultet dekani E.Jo‘rayev hamda mas’ul xodimlar ishtirok etib, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri va oldini olish choralari haqida ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida talabalarning huquqiy ongini yuksaltirish, ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi. Tadbir mazmunli savol-javoblar asosida o‘tdi.
