Nomzodlar talabalar bilan samarali ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ko‘nikmalari, tahliliy fikrlash, muammolarga amaliy yechim topish salohiyati, nutq ravonligi, yuksak madaniyat va mas’uliyat, shuningdek, pedagogik-psixologik bilim va tajriba asosida baholandi.

Saralash jarayonida Abduqahhorova Gulnoza Abduvaxobovna o‘zining ko‘p yillik tajribasi va kasbiy mahoratini namoyon etib, yakuniy baholash natijalariga ko‘ra tyutorlik lavozimiga muvaffaqiyatli saralab olindi.

Mazkur jarayon fakultetda tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish va talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.