⛹️‍♂️ Universitet rektori tashabbusi bilan talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport va jismoniy faollikni ommalashtirish maqsadida har haftaning shanba kuni “Sport kuni” deb e’lon qilindi.

⚽️ Mazkur tashabbus doirasida endilikda har shanba kuni universitet hududida turli sport musobaqalari, jamoaviy o‘yinlar, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari hamda sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam tashkil etiladi. Bu esa jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, jipslikni mustahkamlash va sport madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

🤼 Universitet rahbariyati barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarni “Sport kuni”da faol ishtirok etishga chorlaydi. Zero, sog‘lom tana – sog‘lom aql garovi!