Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminar davom etmoqda.

Navbatdagi seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik hamda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-son qarorida belgilangan imtiyozlar hamda ularni olish tartibiga bag‘ishlandi.

Qurilish va irrigatsiya fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Qodirov tomonidan mazkur qarorning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.

Seminar davomida ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan imtiyozlar, qo‘shimcha haq to‘lash mexanizmlari, ularni olish shartlari hamda qarorni amaliyotda qo‘llash tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollargа keng qamrovli javoblar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *